Erdo‘g‘an: «SHHTga yaqinlashish G‘arbdan yuz o‘girish degani emas»

Erdo‘g‘an: «SHHTga yaqinlashish G‘arbdan yuz o‘girish degani emas»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.

Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Bishkekda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti Turkiyaning iqtisodiy, siyosiy va strategik imkoniyatlarini diversifikasiya qilishga intilayotganining amaliy ko‘rinishi bo‘lgan.

«Turkiya sifatida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama savdo va iqtisodiy munosabatlarimiz bor. Xitoydan Markaziy Osiyoga, Rossiyadan Janubiy Osiyogacha cho‘zilgan keng hududda Turkiyaning savdo va iqtisodiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega ekanini endi hamma ko‘rib turibdi», — dedi u.

Turkiya prezidentining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda SHHT bilan munosabatlarda ko‘p qirrali tashqi siyosat tamoyili asosida jiddiy siljishlarga erishilgan.

«Turkiya G‘arb bilan ham, Sharq bilan ham muvozanatli munosabatlarni rivojlantira oladigan va aloqalarini shu darajada chuqurlashtira oladigan mamlakat. Bunday yondashuvimiz global muammolarga hamkorlik va samarali ko‘p tomonlama munosabatlar orqali yechim topish maqsadini ham kuchaytiradi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan munosabatlarni kelgusida yanada yuqori bosqichga olib chiqishimiz ham mumkin. Bir jihatni alohida ta’kidlamoqchiman: Turkiyaning tashkilotga a’zo bo‘lish istiqboli hech qanday holatda biror blokdan chiqish yoki G‘arbdan yuz o‘girishni anglatmaydi. Bizning maqsadimiz — 360 darajali yondashuv orqali o‘z ta’sirimizni oshirish», — dedi Erdo‘g‘an.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги