Erdo‘g‘an: "Rossiyaning bu ishga aloqasi yo‘q"

Erdo‘g‘an: "Rossiyaning bu ishga aloqasi yo‘q"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Polshaga otilgan raketalar bilan bog‘liq hodisaga Rossiyaning aloqasi yo‘qligini aytdi.

“Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Rossiyaning Polsha hududiga raketa qulashi bilan bog‘liq hodisaga aloqasi yo‘q”, – deya Erdo‘g‘anning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rossiyaning pozisiyasiga ishonishini aytdi.

AQSh rasmiylari avvalroq Associated Press agentligiga raketalar Ukraina havo mudofaasi tomonidan uchirilganini aytgan edi.

Bayden esa trayektoriya jihatidan buni Rossiyadan uchirilgani ehtimoldan yiroqligini ta’kidladi.

Qayd etish kerakki, Polshaga otilgan raketalar oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!