Erdo‘g‘an AQShdan qasos olishni yangicha usulini e’lon qildi

Erdo‘g‘an AQShdan qasos olishni yangicha usulini e’lon qildi

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Amerika sanksiyalariga javoban AQSh elektron tovarlariga boykot e’lon qildi. Bu haqda prezident Anqaradagi chiqishida ma’lum qilgan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga qarshi iqtisodiy hujum amalga oshirilmoqda.  «Turkiyaga qarshi iqtisodiy urushni boshlaganlar uning uchun to‘lov to‘lashi kerak». Shu bilan birga, Turkiya prezidenti AQShning iqtisodiy sohadagi tajovuzkor harakatlari nafaqat Turkiya, balki qator boshqa mamlakatlarga ham ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Iqtisodiy tomondan biz choralarni ko‘ramiz, moliya vazirligimiz va g‘aznachilik kunu tun ishlamoqda. Bundan tashqari, AQShdan keluvchi elektron tovarlarga boykot e’lon qilamiz. Ularda  iPhone bo‘lsa, boshqa tomondan Samsung bor”, degan prezident Erdo‘g‘an.

«Biz chet el valyutasiga sotib olinayotgan narsalardan yaxshiroq mahsulotlarni ishlab chiqaramiz va sotamiz. “Pul evaziga xorijdan biror narsa buyurtma qilish o‘rniga, undanda yaxshirog‘ini ishlab chiqaramiz va ularga taklif qilamiz. Bizning xalq bunga qodir. Qachonki AQShdan dronlar so‘raganimizda ular qanday javob qaytardi?  “Kongress ruxsat bermaydi”. Bu bizga yordam berdi. Hozir dronlarni o‘zimiz ishlab chiqaryapmiz, muammo yo‘q. Hamda qancha kerak bo‘lsa, shuncha chiqaramiz”, deb qo‘shimcha qilgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an.

Manba: asr.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!