Erdog‘an: Turkiya yomon niyatlilarga 28 may kuni javob beradi

Erdog‘an: Turkiya yomon niyatlilarga 28 may kuni javob beradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘arb matbuotining mamlakatdagi saylovlar haqidagi nashrlari bilan Turkiyadagi jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishga urinishlarini tanqid qildi. Bu haqda u TRT Haber telekanali efirida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbdagi ma’lum doiralar Turkiya “terrorizmni yo‘q qilish”da muvaffaqiyat qozonganini qabul qila olmaydi. Shu bilan birga, davlat rahbari Turkiya terror tashkilotlariga qarshi yakka o‘zi kurashishi kerakligini ta’kidladi.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb ham Turkiya mudofaa sanoati rivojlanishidan xavotirda.

“Mudofaa sanoatini mustahkamlayotgan Turkiya ularga yoqyaptimi? Albatta, ular bizni yoqtirmaydilar. Ular bizni yoqtirmaydi, chunki biz ulardan endi qurol va o‘q-dori sotib olmaymiz. Xalqimiz ularga 14 may kuni (saylovning birinchi bosqichida – tahr.) javob berdi. Umid qilamanki, 28 may kuni (saylovning ikkinchi bosqichida – tahr.) u yana shunday qiladi. Ozarbayjon, Qatar yoki Liviyadan bizning harakatlarimizdan norozilik haqida eshitganmisiz? Yo‘q. Muvaffaqiyatimizdan qayg‘urayotganlarga qarasak, kim do‘st, kim dushman ekani ayon bo‘ladi”, — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!