Erdog‘an: «Azonga hurmat ko‘rsatmagan - bu xalqqa ham ega chiqmaydi»

Erdog‘an: «Azonga hurmat ko‘rsatmagan - bu xalqqa ham ega chiqmaydi»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Istanbuldagi Feministlar marshi ni tanqid qilib, aksiya ishtirokchilarini azonga hurmatsizlik ko‘rsatishda aybladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Istanbulning Taqsim maydonida asosan ayollardan iborat minglab kishi 8 mart munosabati bilan Feministlar marshi da qatnashgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aksiya qatnashchilarining xufton azoni chaqirilayotgan paytda hushtak chalgani va hayqirayotganini ko‘rish mumkin.

Azonga hurmat ko‘rsatmagan, bayroqqa hurmat ko‘rsatmagan bu xalqqa ham ega chiqmaydi... Chunki ular qalban va zehnan bu vatanga bog‘langan emas , dedi Turkiya prezidenti. Erdog‘an aksiyani qo‘llab-quvvatlagan Jumhuriyat xalq partiyasi va Xalqlarning demokratik partiyasini ham tanqid qildi.

Biroq Feministlar marshi tashkilotchilari aslida aksiyaga qarshilik o‘rsatgan polisiyaga norozilik sifatida hushtak chalinganini, shovqindan azon ovozi eshitilmaganini iddao qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!