Entoni Blinken Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi

Entoni Blinken Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi

“Bugun men Aliyev bilan yaqinda erishilgan o‘t ochishni to‘xtatishni olqishlash, muzokaralar o‘tkazish va harbiy kuch ishlatishdan voz kechishga chaqirish uchun gaplashdim”, — deb yozdi AQSh Davlat kotibi ijtimoiy tarmoqda.

Suhbat chog‘ida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlash, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarini normallashtirish, jumladan, tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borish va transport yo‘laklarini ochish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!