Endi Samarqandda portlash yuz berdi: jarohatlanganlar ko‘p

Endi Samarqandda portlash yuz berdi: jarohatlanganlar ko‘p

2021 yil 19 dekabr kuni soat 14:20da Oqdaryo tumani “Navro‘z” MFY A.Temur ko‘chasida joylashgan "Lazzat" oshxonasida chaqnash sodir bo‘lgan (voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo‘lgan).

Chaqnash natijasida oshxonaning taxminan 40 kv.m. maydonida shift qismi va jihozlar yongan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga olib borilgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:23da hodisa joyiga yetib borib, 14:29da yong‘in qurshab olingan va soat
14:54da o‘chirilgan.

Voqea joyiga viloyat hamda tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari, IIB, Prokuratura, Tibbiyot, Gaz xizmatlari xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda ham portlash sodir bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!