Endi attestasiyadan o‘tmaganlar tadbirkorlarni tekshirolmaydi

Endi attestasiyadan o‘tmaganlar tadbirkorlarni tekshirolmaydi

Xodimlar bunda uch yilda kamida bir marta attestasiyadan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
 
"Qalampir.uz"ning xabar berishicha Nizomga ko‘ra, endilikda tadbirkorlarni tekshirish faqatgina belgilangan tartibda attestasiyadan o‘tgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
 
Attestasiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar soni, shuningdek, ularga qo‘yiladigan kasbiy talablar har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilanadi.
 
Xodimlar bunda uch yilda kamida bir marta attestasiyadan o‘tkaziladi.
 
Quyidagilar attestasiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
 

  • yuqori malakaga, tashabbuskorlikka, javobgarlikka ega xodimlar toifasini aniqlash;

 

  • xodimlarning kasb tayyorgarligini, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish zarurligini aniqlash;

 

  • tadbirkorlar faoliyatini tekshirishni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish;

 

  • tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish jarayonida korrupsiya holatlarini bartaraf etish va qonuniylikni ta’minlash.

 
Attestasiya komissiyasi attestasiya sifatli va xolisona o‘tkazilishi uchun javob beradi.
 
Oldin tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini olgan, biroq mazkur faoliyatni tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlangan, shuningdek ushbu sohada qonunchilik buzilishi munosabati bilan bunday huquqdan mahrum etilgan xodimlar attestasiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
 
Attestasiyadan o‘tishda elektron moslamalardan, ma’lumotnoma, maxsus yoki boshqa adabiyotlardan, shuningdek har qanday yozuvlardan foydalanish man etiladi. Ko‘rsatilgan talablar buzilgan hollarda attestasiyadan o‘tkaziluvchilar attestasiyadan chetlatiladi va undan o‘tmagan deb hisoblanadi.
 
Attestasiyadan o‘tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
 


Attestasiya komissiyasi tomonidan attestasiyadan o‘tgan xodimga maxsus guvohnoma beriladi.
 

 
Attestasiyadan o‘tmagan xodimga tadbirkorlar faoliyatini tekshirish man etiladi. Nazorat qiluvchi organ rahbari mazkur xodimni tadbirkorlar faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga o‘tkazishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!