EI Ukrainaga Rossiya aktivlaridan olingan 1,4 mlrd yevro ajratadi

EI Ukrainaga Rossiya aktivlaridan olingan 1,4 mlrd yevro ajratadi

Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadlar Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltiriladi.

Evropa Ittifoqi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadlar hisobidan Ukrainaga qo‘shimcha 1,4 milliard yevro ajratadi. Bu haqda Yevropa komissiyasi ma’lum qildi.

Evrokomissiyaning bildirishicha, mazkur mablag‘lar allaqachon Yevropa Ittifoqi byudjetiga o‘tkazilgan. Gap 2026 yilning birinchi yarim yilligida sanksiyalar doirasida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foizli daromadlar haqida ketmoqda.

Bu Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘larni Ukraina ehtiyojlari uchun yo‘naltirish bo‘yicha beshinchi to‘lov hisoblanadi. Yevropa komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, sanksiyalar joriy etilganidan buyon bunday daromadlarning umumiy hajmi 8 milliard yevroga yetgan.

Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan daromadlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilayotganini ta’kidladi.

«Rossiya yetkazgan vayronagarchilik uchun javob berishi kerak», — dedi Yevrokomissiya rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar Ukrainaga Rossiyaning harbiy harakatlariga qarshi turishda yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги муносабатларни ҳам тилга олди. Унинг фикрича, Европа ҳозир Россия билан “гибрид уруш” ҳолатида.