EI Isroil aholi punktlariga cheklov tayyorlamoqda

EI Isroil aholi punktlariga cheklov tayyorlamoqda

Evropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi davlatlariga bosib olingan Falastin hududlaridagi Isroil posyolkalariga nisbatan savdo cheklovlarini kuchaytirish bo‘yicha ehtimoliy choralarni o‘z ichiga olgan hujjatni taqdim etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan takliflar orasida ushbu posyolkalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar importini to‘liq yoki qisman taqiqlash, yuqori bojlar joriy etish hamda eksportda majburiy lisenziyalash tartibini qo‘llash bor.

Takliflar 13 iyul kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari ishtirokida o‘tadigan Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida muhokama qilinadi. Ayni paytda mazkur hujjat rasmiy qonunchilik tashabbusi hisoblanmaydi va uchrashuvda yakuniy qaror qabul qilinishi rejalashtirilmagan.

Euronews ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa komissiyasi bunday choralar Yevropa Ittifoqining umumiy tashqi va xavfsizlik siyosati doirasida 27 a’zo davlatning bir ovozdan roziligi bilan tasdiqlanishi kerak, deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Kengashining huquqiy xizmati ayrim savdo cheklovlarini umumiy savdo siyosati doirasida malakali ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilish mumkinligini bildirgan.

Bu tashabbus Yevropa Ittifoqining qator davlatlari Isroilning bosib olingan G‘arbiy Sohildagi posyolkalarini kengaytirish siyosatiga javoban iqtisodiy bosimni kuchaytirishga chaqirgan bir paytda ilgari surildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъкидламоқда.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.