SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Marsga ko‘chib o‘tish uchun barcha mulklarini sotishga qaror qildi.
Uning izohlashicha, boshqa sayyoraga shahar qurish katta mablag‘ talab qiladi. Uning mulklarini sotishga qaror qilishi sabablaridan biri shu. Ikkinchi sabab esa, Marsga ko‘chib ketish niyati qanchalik qat’iyligini ko‘rsatish.
«Menda moliyaviy nuqtai nazardan kompaniyalar aksiyalaridan boshqa hech qanday qimmatbaho narsa qolmaydi. Ish tig‘iz ekan, yaxshisi, fabrikada yoki ofisda uxlayman. Agar bolalar ham bo‘lsa uy kerak bo‘ladi. Uyni esa ijaraga olishim mumkin», — dedi Mask Business Insider nashriga bergan intervyusida.
Mask 2020 yil oxirida Marsda mustaqil shahar qurish rejasi haqida e’lon qilgandi. Uning rejasiga ko‘ra, odamlar ushbu shaharda «ixtiyoriylikka asoslangan tartib»ga rioya qilgan holda yashaydi. Mask 2050 yilga kelib Qizil sayyoraga bir million kishini ko‘chirmoqchi.
Yanvar boshlarida Ilon Maskning boyligi 185 milliard dollarga yetdi va u Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy kishisiga aylandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Уларнинг таъкидлашича, янги турдаги қуроллар, айниқса, учувчисиз учиш аппаратлари оммавий қўлланилаётган шароитда ҳам Т-72 ўзининг жанговар самарадорлигини сақлаб қолмоқда.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.