Dunyodagi eng qimmat tanga auksionga chiqariladi

Dunyodagi eng qimmat tanga auksionga chiqariladi

2013 yilda u 10 million dollarga sotilgan va yangi rekord o‘rnatishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda CNN. 

Tangada qadimiy yunon ma’budalariga o‘xshash, sochlari yelkasiga tushib turgan erkin ayol tasvirlangan. Katta ehtimol bilan u AQShning sobiq Prezidenti Jorj Vashingtonga tegishli bo‘lgan.

Ushbu tangalardan jami 1758 donasi muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ularning taxminan 130 tasi bizgacha yetib kelgan. 

Ular keng ommaga mo‘ljallanmagan, faqatgina, Kongress a’zolari va AQShning faxriy fuqarolariga tarqatilgan. 

Angliya va Amerika o‘rtasidagi urushdan keyin qimmatbaho metallarning zaxiralari zaiflashgan va bunday pullarning chiqarilishi yosh mustaqil mamlakat hokimiyatini saqlab qolishga qaratilgan maqsad bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!