Dastlabki qadam! Bayden Trampning 4 ta muhim qarorini bekor qildi

Dastlabki qadam! Bayden Trampning 4 ta muhim qarorini bekor qildi

Endigina ish boshlagan AQSh prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampning qarorlari bekor qilingan hujjatlarni imzoladi.

Shunday qilib, Bayden mamlakatni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga qaytarish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi.

Bundan tashqari, Baydenning qarori bilan Qo‘shma Shtatlar Parijdagi iqlim kelishuviga qaytmoqda, bu shartnomadan Tramp ham mamlakatni olib chiqib ketgan.

Bayden, shuningdek, Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatdi va chegaradagi favqulodda rejimni bekor qildi. Shuningdek, "Musulmonlarga taqiq" deb nom olgan Yaqin Sharqdagi bir qator mamlakatlar vakillarining AQShga kirishidagi cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida hujjat imzolandi.

Saylovoldi tashviqoti paytida Bayden ushbu Trampning barcha farmonlarini bekor qilishga va AQShning xalqaro shartnomalardagi ishtirokini hamda migrantlar bilan bog‘liq vaziyatni normallashtirishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!