Dahshat! Bir oilaning 8 a’zosi nega o‘ldirildi?

Dahshat! Bir oilaning 8 a’zosi nega o‘ldirildi?

Isroilda chop etiluvchi “Haares” gazetasining xabar berishicha, mamlakat armiyasi chorshanba kuni G‘azoga hujum qilish paytida “xatoga yo‘l qo‘yganini” tan olgan. Bu haqda "azon.uz" xabar bermoqda.

Mudofaa vazirligining ismini oshkor etgan vakili hujum uyushtirilgan uyni bo‘sh deb o‘ylashganini aytdi. Isroil armiyasining matbuot kotibi Avichay Adrae esa hujum nishonida “Islomiy jihod” guruhi yetakchilaridan Rasmi Abu Malxus as-Savarika bo‘lganini ma’lum qildi. Biroq hujumga uchragan hudduda yashovchilar al-Savarika u yerda yashamaganini bildirishdi.

13 noyabr kuni Dayr Baloh hududiga uyushtirilgan hujumda bir oilaning 8 nafar a’zosi halok bo‘ldi. Ulardan 5 nafari bolalar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!