“Chrome” “vijdonsiz” saytlar reklama joylashtirishini taqiqladi

“Chrome” “vijdonsiz” saytlar reklama joylashtirishini taqiqladi

“Google” blogida aytilishicha, “Chrome 71” brauzerining yangi versiyasida “vijdonsiz” saytlarning reklamalarini bloklash imkoni mavjud bo‘ladi.

“Google” shu tarzda tajovuzkor reklamadan brauzer foydalanuvchilarini himoya qiladi, deb yozadi “Inc”.

“Google” hozirda videolarning avtomatik tarzda namoyish etilishini va shubhali saytlarga yo‘naltiruvchi oynalarning ochilishini bloklab qo‘ydi. Biroq ishlab chiqaruvchilarning fikricha, bu choralarning o‘zi yetarli emas.

“Vijdonsiz” saytlar foydalanuvchilar ishonchini suiiste’mol qiluvchi saytlar hisoblanadi. Ular saytning interaktiv elementlari ortida reklama yoki boshqa sahifaga ulanuvchi, tugmasini bosganda yangi sahifa ochiladigan, ko‘zga ko‘rinmas narsalar, aloqa oynasini eslatuvchi reklamalarni joylashtiradi.

Shuningdek, bunday saytlar foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda “fishing”dan foydalanadi, avtomatik tarzda boshqa tarmoqqa yo‘naltirib, foydalanuvchining harakatlaridan va viruslarni tarqatishdan mustaqil ravishda tetiklanadi.

Agar sayt egalari 30 kun ichida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etmasa, Brauzer bunday saytlardagi barcha reklamalarni bloklaydi. Foydalanuvchilar “Chrome” sozlamalaridagi bloklash filtrlarini o‘chirib qo‘yishlari ham mumkin.

“Google” suiiste’molliklar hisobini o‘zida saqlab qoladi. Ularning ro‘yxatini “Google Search Console” orqali ko‘rish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!