«Centrum Air» loukosterining ilk samolyotlari «Toshkent» aeroportiga kelib qo‘ndi

«Centrum Air» loukosterining ilk samolyotlari «Toshkent» aeroportiga kelib qo‘ndi

18 yanvar kuni xususiy aviakompaniya — «Centrum Air»ning ikkita samolyoti «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Airbus A320-232 kompaniyaning birinchi yo‘lovchi samolyotlari bo‘ldi.

«Centrum Air» o‘zini loukoster sifatida tanishtirgan bo‘lib, arzon ichki va tashqi tashuvlarni amalga oshirish hamda raqobatbardosh sifatga erishishni maqsad qilgan.

«My Freighter» xususiy yuk kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan aviatashuvchi yaqin kelajakda yana bir yo‘lovchi borti — Boeing 737 ni sotib olishni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!