BYD yana bir elektromobili narxini Cobalt’dan ham arzon qilib qo‘ydi

BYD yana bir elektromobili narxini Cobalt’dan ham arzon qilib qo‘ydi

BYD kompaniyasi Xitoyda davom etayotgan misli ko‘rilmagan raqobat fonida o‘zining eng ommabop modellaridan biri BYD E2 elektromobili narxini arzonlashtirdi. E2 Honor Edition elektromobillari endi Xitoyda 89 800 yuandan (12 400 dollar) boshlab sotuvga chiqariladi. Elektromobil eski narxidan 1500 dollarga (13 foiz) arzonlashgan.

E2 Honor Edition narxlari
Comfort (405 km) 89 800 yuan (12 400 dollar)
Luxury (405 km) 96 800 yuan (13 400 dollar)

E2 elektromobilining full komplektasiyasini O‘zbekistonga buyurtma asosida olib kelish barcha xarajatlari bilan taxminan 16 000 dollarga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!