Buyuk Britaniyada deputat Devid Emess pichoqlanish oqibatida vafot etdi

Buyuk Britaniyada deputat Devid Emess pichoqlanish oqibatida vafot etdi

Buyuk Britaniya parlamentining Konservativ partiyasidan deputat Devid Emess pichoqlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda BBC News yozmoqda.

Qayd etilishicha, voqea Esseks grafligining Li-on-Si shahridagi cherkovda sodir bo‘lgan. Bu vaqtda deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Esseks polisiyasining xabar berishicha, shifokorlar jabrlanuvchiga yordam berishga uringan, biroq u vafot etgan. Deputatning hamkasblari Twitter orqali marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan. Xususan, mamlakat Bosh vazirining o‘rinbosari Dominik Raab Emessni “buyuk inson, a’lo do‘st va ajoyib deputat”, deb atagan.

Xabarga ko‘ra, 25 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olingan, uning yonidan pichoq topilgan. Hozircha qotillikka nima sabab bo‘lgani aytilmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!