Buyuk Britaniya zulmatda qoldi

Buyuk Britaniya zulmatda qoldi

Ayni vaqda Buyuk Britaniyada elektr energiyasining katta ko‘lamli uzilishlari qayd etilmoqda. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, elektr energiya bilan bog‘liq muammolar mamlakatning turli burchaklaridagi katta hududlarda, xususan Londonning aksariyat qismida va mamlakatning janubi-sharqida yuz bermoqda. Bu holat poyezd va aeroportlarning ishiga ta’sir qildi.

"Biz bunga “National Grid” elektr tarmog‘idagi uzilishlar sabab bo‘lgan deb o‘ylaymiz, bu iste’molchilarimizga ta’sir qilmoqda", - deb ta’kidlashdi mamlakatning energiya tarmoqlari operatorlari vakillari.

Iyun oyida Argentina, Urugvay, shuningdek, Braziliya va Paragvayning ba’zi joylari aholisi elektr energiyasiz qolgani ma’lum qilingandi.

Bundan avval, ya’ni 8 martga o‘tar kechasi Venesuelaning 23 shtatidan 21 tasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq katta muammolar ro‘y bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!