Bu tarixda kuzatilgan eng mudhish inqiroz bo‘lishi mumkin

Bu tarixda kuzatilgan eng mudhish inqiroz bo‘lishi mumkin

Avvaliga to‘yib ovqatlanmaslik keyinchalik och qolishga, surunkali och qolish esa ocharchilikka olib keldi. Mamlakat boshqaruvidagi xatoliklar ijtimoiy va iqtisodiy inqirozga, inqirozlar esa falokatlarga olib keldi. Ichki isyonlar fuqarolik urushiga, bu urush esa arablar o‘rtasidagi hududiy kelishmovchiliklarga olib keldi.

So‘ngi o‘n yil ichida Yamanda sodir bo‘layotgan voqealar mamlakat aholisini butunlay ocharchilik girdobiga keltirib qo‘ydi. Ayni damda 8 million odam ocharchilik azobini totmoqda. Bir necha kunda bir marta ovqatlanadiganlar bilan hisoblaganda ularning soni 12 million kishidan oshib ketadi. Bu degani Yaman aholisining teng yarmi och qolmoqda. Eng achinarlisi, bu raqam juda tez sur’atlar bilan oshib bormoqda.

Shuningdek, yarim millionga yaqin yamanlik bolalar qoniqarsiz ovqatlanish natijasida turli kasalliklarga chalingan. Ochlik va kasallik bolalarni hayotdan erta olib ketmoqda.

Agar urushga barham berilmasa, Yamanda insoniyat inqirozi yuz beradi, bu esa tarixda kuzatilgan eng mudhish inqiroz bo‘lishi mumkin. 

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!