Britaniyalik olimlar saratonning davosi borligini tasdiqladi

Britaniyalik olimlar saratonning davosi borligini tasdiqladi

Britaniyalik olimlar yaqin 10 yil ichida hech bir jarayon ta’sir qilmaydigan saraton katakchalarini o‘sishdan to‘xtatuvchi dori ishlab chiqishi mumkinligini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Britaniya saraton tadqiqotlari instituti (ICR) bu izlanish uchun 75 million funt sterling ajratishini e’lon qildi.

ICR Londonning janubiy qismida joylashgan Satton tumanida yangi dori ishlab chiqaradigan markaz tashkil qilmoqchi.

Institut rahbari Pol Uorkmanning aytishicha, saraton bilan kurashishdagi eng jiddiy muammo saraton katakchalarini doriga moslashishi bo‘lib qolmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqariladigan yangi preparatlar uzoq vaqt davomida saraton rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin va bu saratonni davolash uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi.

Institut loyihada ishlash uchun turli sohalaridagi 300 ga yaqin tadqiqotchilarni jalb qilishga umid qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!