Britaniyada o‘z joniga qasd qilishlarning oldini oluvchi vazir paydo bo‘ldi

Britaniyada o‘z joniga qasd qilishlarning oldini oluvchi vazir paydo bo‘ldi

Buyuk Britaniyada suiqasdlarni oldini oluvchi vazir paydo bo‘ldi. Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bu lavozimga sog‘liqni saqlash vaziri Jaklin Doyl-Praysni tayinlagan.

Ushbu lavozimning paydo bo‘lishiga Buyuk Britaniyada har yili 4500 ga yaqin kishi o‘z hayotiga chek qo‘yishi sabab bo‘lgan. Bu 45 yoshgacha bo‘lgan britaniyalik erkaklar orasidagi o‘limlarning asosiy sababi hisoblanar ekan.

Yangi vazirning vazifalariga hukumat, mahalliy hokimiyatlar, o‘z joniga qasd qilish masalalari bo‘yicha mutaxassislar, xayriya tashkilotlari va o‘z joniga qasd qilishdan jabrlanganlar bilan ish olib borish kiradi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!