Britaniya TIV rahbari Afg‘oniston tufayli o‘z lavozimidan ayrildi

Britaniya TIV rahbari Afg‘oniston tufayli o‘z lavozimidan ayrildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Dominik Raab iste’foga chiqarildi.
Raabni iste’foga chiqarilishiga afg‘on mojarosi sabab bo‘lgan.

Afg‘onistondan britaniyalik fuqarolarni evakuasiya qilishda yuz bergan inqiroz o‘ta chuqurlashgan bir vaqtda siyosatchi Gresiyada mehnat ta’tilida bo‘lgan.
Oqibatda, Raab o‘zining ushbu harakati tufayli tanqid ostida qolgan. Ayniqsa, leyboristlar va liberal demokratlar Buyuk Britaniya TIV rahbarini lavozimdan chetlatish borasida qat’iy turganlar.
Birlashgan Qirollik bosh vaziri Boris Jonsning qaroriga muvofiq, Raab Adliya vaziri lavozimiga o‘tkazilgan, shuningdek, bir vaqtning o‘zida hukumat rahbari o‘rinbosari lavozimini egallagan. Jons shu vaqtga qadar o‘rinbosarlarga ega bo‘lmagani e’tiborga molikdir.
Britaniya TIV rahbari etib esa shu vaqtgacha xalqaro savdo vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Liz Trass tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!