Britaniya parlamentiga rekord darajada ko‘p ayol saylandi

Britaniya parlamentiga rekord darajada ko‘p ayol saylandi

Buyuk Britaniya parlamentiga rekord darajada ko‘p ayollar saylandi, saylov natijalari shundan darak bermoqda.

Britaniya OAVda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, jamoatchilik palatasiga 220 nafar ayol saylangan. Bunga qadar rekord ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan – o‘shanda 208 nafar ayol parlamentga saylangan.

Bu yilgi saylovlarda parlament quyi palatasidagi o‘rinlar uchun 1,1 ming nafardan ortiq ayollar kurash olib bordi.

Buyuk Britaniyada payshanba kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, saylovlarda bosh vazir Boris Jonsonning konservativ partiyasi g‘alaba qozondi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, konservatorlar 650 o‘rinli mahalliy quyi palatada 364 ta, leyboristlar - 203, shotland milliy partiyasi - 48, liberal demokratlar – 11 o‘ringa ega bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!