Britaniya bosh vaziri muslima ayollardan uzr so‘radi

Britaniya bosh vaziri muslima ayollardan uzr so‘radi

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bir necha yil avval musulmon ayollar haqida aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi, deya xabar bermoqda «Evronyus».

U 2018 yilda The Telegraph gazetasi uchun yozgan maqolasida burqa va niqob kiyadigan ayollarni bank o‘g‘rilari va pochta qutilariga o‘xshatgan edi.

«Aytganlarim xafagarchilikka sabab bo‘lganini bilaman. Insonlar mening maqomimda bo‘lgan shaxsdan ishlarni to‘g‘ri amalga oshirishini kutadi, lekin jurnalistikada tildan erkin foydalanish kerak. Shu tufayli kelib chiqqan har bir dilsiyohlik uchun xafaman. Bugun avvalgi maqolalarimda ishlatilgan bezovta qiluvchi uslubdan foydalanamanmi? Endi bosh vazir ekanligimga ko‘ra, foydalanmayman», – dedi Boris Jonson.

Irqchilikka qarshi kurash olib boruvchi Hope Not Hate nomli guruh esa bosh vazirning bayonotini «samimiy emas va sun’iy» deb baholadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!