BRIFING: Milliy gvardiya axborot xizmati axborot berdi

BRIFING: Milliy gvardiya axborot xizmati axborot berdi

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 2 iyuldagi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida harakatlanish erkinligi, shu jumladan, transport vositalari uchun cheklovlar o‘rnatildi.

Jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi, ularning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, ulardagi ashyolar va transport vositalari ko‘zdan kechirilishi yo‘lga qo‘yildi.

AOKAda tashkil etilgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy qilingan favqulodda holat doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyuldan 2022 yil 2avgustga qadar favqulodda holat amal qilishi davrida soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar komendantlik soati joriy etildi.

Respublikada jamoat tartibini, o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma ob’ektlarining muhofazasi kuchaytirildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirish hamda undan chiqish cheklandi va yuridik shaxslar faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar, tinch yig‘ilishlar, ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi taqiqlandi.

Ushbu hududda qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va maxsus vositalar sotilishi taqiqlanib, jismoniy va yuridik shaxslardan qurol va o‘q-dorilar vaqtinchalik olib qo‘yilishi joriy qilindi. Dori-darmon va alkogol mahsulotlari muomalasining esa alohida tartibi joriy etildi.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaqtincha joriy qilingan Favqulodda holat yuzasidan Milliy gvardiyaning 1215 qisqa raqami orqali 24 soat davomida bog‘lanish va kerakli ma’lumotlar olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!