"Boysun bahori": kutilmagan va unutilmas lahzalar (fotogalereya)

"Boysun bahori": kutilmagan va unutilmas lahzalar (fotogalereya)

Joriy yilning 7-8 may kunlari Boysun tumanidagi “Solim Padang” qishlog‘ida o‘zbek xalqimining ko‘p asrlik qadryatlari va an’nalarini o‘zida tarannum etuvchi “Boysun bahori” ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandik. Mazkur festival mehmonlari uchun maxsus charter reyslar ham yo‘lga qo‘yilgandi. Kecha, 7 may kuni tadbir avvalida dron-shou ham bo‘lib o‘tdi. Festival osmonida turli tasvirlar qatorida O‘zbekiston xaritasi va bayrog‘i, milliy qadriyatlar aks ettirildi. Shuningdek, shu kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tavallud kunini sahnada, xalq oldida nishonladi.

Ikki kun davom etgan xalqaro festival bugun o‘z yakuniga yetib, milliy o‘yinlar, kurash musobaqalari g‘oliblari, va baxshi-oqinlar munosib taqdirlandi. Tantanadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muxbirimiz Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda.

Quyida folklor yo‘nalishida taqdirlanganlar bilan tanishing:

  • 1 o‘rin: “Boysun” folklor ansambli (Surxondaryo viloyati);
  • 2 o‘rin: “Jo‘ralar” folklor ansambli (Xorazm viloyati);
  • 2 o‘rin: “Bibiho” folklor ansambli (Tojikiston Respublikasi);
  • 3 o‘rin: “Oq machit” folklor ansambli (Qoraqolpog‘iston Respublikasi);
  • 3 o‘rin: “Ibrat” folklor ansambli (Qirg‘iziston Respublikasi);
  • 3 o‘rin: “Navoiy” folklor ansambli (Navoiy viloyati).

"Boysun bahori": kutilmagan va unutilmas lahzalar (fotogalereya)

"Boysun bahori": kutilmagan va unutilmas lahzalar (fotogalereya)

"Boysun bahori": kutilmagan va unutilmas lahzalar (fotogalereya)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!