Boris Jonson Meyning Brexit bo‘yicha rejasini tanqid qildi

Boris Jonson Meyning Brexit bo‘yicha rejasini tanqid qildi

Bosh vazir Tereza Mey Bryusseldagi muzokaralarda Yevropa Ittifoqidan chiqish shartlari yuzasidan bildirgan takliflari — boshqacha aytganda «Chekers rejasi» — Britaniyani Yevropa Ittifoqiga qaram qilib qo‘yadi, ulardan voz kechish lozim. Bu haqda Britaniya TIV sobiq rahbari va Brexit’ning eng mashhur tarafdorlaridan biri Boris Jonson ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Bosh vazir Mey rejasini amalga oshirish Londonning Bryussel bilan kelishuv imzolashga majbur bo‘lishiga olib kelishini ma’lum qildi, bu esa Britaniyaning dunyoning boshqa mamlakatlari bilan erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvlarni imzolash imkoniyatlarini cheklaydi.

Jonson partiyadoshlarini Mey takliflaridan voz kechib, Yevropa Ittifoqidan chiqishning «qat’iy» variantini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!