Boris Jonson G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini rag‘batlantirish niyatida

Boris Jonson G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini rag‘batlantirish niyatida

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson G‘arbda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni, jumladan, AQShda ushbu g‘oyalarni ilgari surishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Financial Times siyosatchining ittifoqchilariga tayanib.

“Jonson o‘zi lavozimda bo‘lganida yaratgan mavqeidan G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri sifatida foydalanmoqchi”, — deya bayonot berdi RIA Novosti.

Financial Times manbalariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri AQShda Ukrainani partiyalararo qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli g‘oyalarni ilgari surish uchun Vashingtonda ko‘proq vaqt o‘tkazishni rejalashtirgan.

Biroq, nashr suhbatdoshlarining aniqlik kiritishicha, ayni paytda qirollikda bunday majburiyatlarni nazarda tutuvchi rasmiy lavozim yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!