Bollivud yulduzi koronavirusga qarshi emlandi

Bollivud yulduzi koronavirusga qarshi emlandi

Bollivudning taniqli aktyori Salmon Xon koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. Ijodkor bu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bergan.

“Bugun vaksinaning birinchi dozasini oldim”, deb yozdi Salmon Xon o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Hindistonda 16 yanvar sanasidan boshlab ommaviy emlash kampaniyasi e’lon qilingan. Hukumat vakillari birinchi bosqichda 30 milliondan ortiq insonni emlash haqida reja qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!