Bobur Komilovning jasadi Turkiyadan O‘zbekistonga olib kelindi

Bobur Komilovning jasadi Turkiyadan O‘zbekistonga olib kelindi

Xabaringiz bor, taniqli teleboshlovchi, xalqaro toifadagi jurnalist, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Matbuot kotibi Bobur Komilov kecha, 12 noyabr kuni og‘ir xastalikdan vafot etdi.
 
34 yoshli Bobur Komilov ichak saratoniga chalinib, Turkiyaning Istanbul shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan edi.
 
Bugun, 13 noyabr tongida Bobur Komilovning jasadi Istanbuldan Toshkentga olib kelindi. So‘ng yana Toshkentdan samolyot orqali Termizga yuborildi. Ayni damda uning oila a’zolari jasadni Termizdan Surxondaryoning Denov tumaniga, Bobur Komilov tug‘ilib, voyaga yetgan xonadonga olib ketishmoqda.
 
Xabar qilishlaricha, marhum asr namozidan keyin dafn etiladi.
 
Bobur Komilovning oila a’zolari va yaqinlariga QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari nomidan chuqur ta’ziya bildiramiz. 

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!