Biz bilgan "Ertug‘rul" jiddiy, kutilmagan ishga qo‘l urdi

Biz bilgan "Ertug‘rul" jiddiy, kutilmagan ishga qo‘l urdi

Dunyoga mashhur turk aktyori Engin Altan Dyuzyatan hujjatli film suratga olishga kirishdi. Bu haqda Aksham nashri yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barbarossa" turkumidagi suratga olishga tayyorgarlik bilan bir qatorda, Engin Altan avvalgi ishidan keskin farq qiladigan hujjatli film ustida ish boshladi.

Ma’lumot uchun, avval aktyor atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusida hujjatli filmlar suratga olgan va mavzuni batafsil o‘rganish uchun ko‘plab mamlakatlarga safar qilgan.

Bu safar aktyor butunlay boshqa mavzuni tanladi: u taniqli futbolchi Mustafo Denizli hayoti haqida film suratga olmoqda. Film Turkiyaning TRT telekanali uchun suratga olinadi.

Dyuziatanning so‘zlariga ko‘ra, u karyerasining muhim qismiga aylangan seriallar va hujjatli filmlar sohalarini birlashtirmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!