Bir kunda 200 ga yaqin haydovchiga chora ko‘rildi

Bir kunda 200 ga yaqin haydovchiga chora ko‘rildi

Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning joylardagi bo‘lim, bo‘linmalari yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qolaversa, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 10 yanvar kuni maxsus reyd o‘tkazdi, deya xabar beradi O‘zA.

Tadbirda asosiy e’tibor transport vositalarining texnik holatiga, shuningdek, o‘rnatilgan gaz balloni va moslamalari, ularning tegishli hujjatlari mavjudligiga qaratilib, amaldagi qoidalarga rioya qilmagan 194 nafar haydovchiga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Jumladan, 45 ta holatda transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining navbatdagi sinov muddati o‘tib ketganligi yoki gaz balloniga tegishli hujjatlari mavjud emasligi, 49 ta holatda transport vositasini texnik nosoz holda boshqarish, 12 ta holatda esa ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan nazarda tutilmagan holda transport vositasini o‘zboshimchalik bilan qayta jihozlagan holda boshqarish, qolganlari esa boshqa ko‘rinishdagi qoidabuzarliklarni tashkil etadi.

Misol uchun, O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi haydovchi M.N. boshqaruvidagi Neksiya rusumli transport vositasiga tegishli ruxsatsiz gaz balloni o‘rnatgani, Toshkent tumanida yashovchi haydovchi X.X boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining navbatdagi sinov muddati o‘tib ketgani, Bekobod tumanida yashovchi haydovchi A.A. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan nazarda tutilmagan tumanga qarshi chiroqlar bilan qo‘shimcha ravishda o‘zboshimchalik bilan jihozlab olgani aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!