Belarus Milliy banki yevroni valyuta savatidan chiqardi

Belarus Milliy banki yevroni valyuta savatidan chiqardi

Belarus Milliy banki savdo operasiyalari tuzilmasidagi o‘zgarishlar tufayli yevroni xorijiy valyutalar savatidan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Milliy bank matbuot xizmati xabar berdi.

"Belarus Respublikasi Milliy banki boshqaruvi 2022 yil 12 dekabrdan boshlab yevroni xorijiy valyutalar savatchasiga kiritilgan valyutalar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Milliy bank savatga xorijiy valyutalarni quyidagi darajalarda belgiladi: Rossiya rubli uchun 60%, AQSh dollari uchun 30%, Xitoy yuaniga 10%.

Matbuot xizmatining tushuntirishicha, bu qaror joriy yilda Belarus va YEOII davlatlari o‘rtasida tashqi savdo hajmining barqaror o‘sib borayotgani, YEI davlatlari bilan tovar ayirboshlashning qisqargani bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, Belarus valyuta va fond birjasida yevro bo‘yicha savdolar davom etadi, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!