Bekobodda davlat byudjetini o‘margan rahbarlar fosh qilindi

Bekobodda davlat byudjetini o‘margan rahbarlar fosh qilindi

Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga kadar tekshiruv davomida, 2017 yilning noyabr-dekabr oylarida 237,7 mln. so‘m talon-taroj qilingani aniqlangan.
 
Ushbu pullarni tumandagi Qishloq va suv xo‘jaligi, Statistika, Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlaridan iborat komissiya a’zolari 25 nafar fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘larini byudjetdan ajratib, fermer xo‘jaliklari hisob-raqamlariga o‘tkazib, byudjet mablag‘larini o‘marganliklari ma’lum bo‘lgan.
 
Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilyapti.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!