Baydenni yana bir prezident saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Baydenni yana bir prezident saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 12 noyabr kuni Jozef Bayden bilan telefon orqali muloqot qilib, uni AQSh prezidentligi saylovlarida erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi, deb xabar berdi «TASS».

«Hozirgina Jo Bayden bilan gaplashdim va uni saylangani bilan tabrikladim. Biz Janubiy Koreya — Amerika hamkorligi hamda Koreya yarimorolida tinchlik va farovonlikni o‘rnatish tarafdori ekanligimizni yana bir bor tasdiqladik» — deb yozadi Koreya yetakchisi o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikni davom ettiradi, jumladan, koronavirus va iqlim muammolari bo‘yicha ham.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish  Jo Baydenni AQSh prezidentligi saylovidagi g‘alaba bilan tabriklagan edi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmirtiy Peskov esa Putin «saylov natijalari rasman e’lon qilinganidan keyin» tabriklashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 noyabr kuni Associated Press, CNN, The New York Times, ABC News, Fox News va boshqa OAVlar Jo Baydenni AQShning saylangan prezidenti deb e’lon qildi. 

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari Jo Baydenning saylovlarda g‘olib chiqqanligini e’lon qilganidan keyin hozircha mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!