Bayden va Putin uchrashuvida qanday mavzularni muhokama qiladi?

Bayden va Putin uchrashuvida qanday mavzularni muhokama qiladi?

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida Ukrainadagi nizo va Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat mavzusini ko‘tarishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.

Psakining bildirishicha, ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi uchrashuv hozircha tasdiqlanmagan va sammit haqida kelishilganidan so‘ng muloqot mavzulari yanada oydinlashadi.

«Albatta, biz hali ham Aleksey Navalniyning tutqunlikda ekanidan va Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlari ko‘payishidan xavotirdamiz», — dedi Psaki.

Shu bilan birga, Oq uy matbuot kotibi Vashington Moskva bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!