Bayden prezidentligi AQShni halokatga olib bormoqda

Bayden prezidentligi AQShni halokatga olib bormoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlari Demokratik partiya va xususan prezident Jo Bayden siyosati tufayli milliy falokatga yaqinlashmoqda, deb yozadi Sheril Chamli The Washington Post gazetasi uchun maqolasida.

"Yangi YouGov so‘roviga ko‘ra, respublikachilarning yarmi va demokratlarning deyarli uchdan bir qismi Amerika falokatga, xususan fuqarolar urushiga ketayotganiga ishonishadi", deyiladi materialda.

Chamli qayd etishicha, Bayden mamlakatni birlashtirishga va’da bergan, ammo "uning va’dalari hali bajarilmagan".

Shu bilan birga, Demokratik partiyaning siyosati inflyasiyani oshirib, yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi va demokratlarning o‘zlari vatanparvar amerikaliklarga nisbatan nafratni his qilmoqdalar, deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!