Bayden Falastin rahbari bilan ko‘rishishni istamadi

Bayden Falastin rahbari bilan ko‘rishishni istamadi

AQSh prezidenti Jo Bayden BMT Bosh Assambleyasining so‘nggi sessiyasi doirasida Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan ko‘rishishni istamadi. Bu haqda Axios nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Baydenning rad javobi “noodatiy”dir, ushbu javob uning Isroil – Falastin muzokaralarini ustuvor masalalardan deb hisoblamasini ko‘rsatadi.

Baydenning maslahatchilari Abbosga AQSh prezidenti umuman ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Abbos o‘tgan juma kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyaida Isroil imzolangan kelishuvlarga amal qilmayotgani va tinchlik bo‘yicha tashabbuslardan o‘zini olib qochayotganini aytdi. “Bosqinchi davlatga 1967 yildagi chegaralar ichidagi, xususan, Sharqiy Quddusdagi bosqinini to‘xtatishi uchun bir yil muhlat beryapmiz. Bu vaqt ichida Yaqin Sharq kvarteti (Rossiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi va BMT) nazoratida chegaralarni belgilash va barcha muammolarni hal etishga tayyormiz. Aks holda nima uchun 1967 yildagi chegaralar ichidagi Isroilni tan olishni davom ettirishimiz kerak?” – dedi Falastin rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!