Bayden boy fuqarolardan ko‘proq soliq undirmoqchi

Bayden boy fuqarolardan ko‘proq soliq undirmoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden aholining boy qatlami uchun soliqlarni oshirishni o‘zining birlamchi vazifasi deb hisoblamoqda.

Soliqlar ko‘rinishida jalb qilinajak, qiymati 1 trillion dollarga teng mablag‘lar bolalarni himoya qilish, AQShda umumiy maktabgacha ta’limni yaxshilash va ishchilar uchun pulli ta’til berish kabi yo‘nalishlarga sarflanadi.

Loyihaga ko‘ra, daromadi 1 million dollardan ortiq bo‘lgan fuqarolar daromad solig‘ini 39,6% qiymatda to‘laydilar.

Respublikachilar qonun hujjatini rad etmoqdalar. Agarda demokratlarning ham ba’zilari unga qarshi chiqsalar, loyiha hech qachon qabul qilinmasligi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!