Bahodir Jalolovdan raqibini jang tugamasdan nokautga uchratdi

Bahodir Jalolovdan raqibini jang tugamasdan nokautga uchratdi

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi beshinchi jangini o‘tkazdi. AQShning Kaliforniya shtatida kechgan bahsda vakilimiz o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda ham chiroyli g‘alabani tantana qildi.

Amerikalik Uilli Xarveyga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan raqibini nokautga uchratdi. Ta’kidlash joiz, jang sanasiga bir necha kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat yurtdoshimizga sira halal bermadi.

Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining beshinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!