Avtobus haydovchisining o‘rindig‘i tagidan psixotrop dorilar topildi

Avtobus haydovchisining o‘rindig‘i tagidan psixotrop dorilar topildi

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “Vanhool” rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus bojxona nazoratidan o‘tkazilganida avtobusning haydovchi o‘rindig‘i pastki qismida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilmagan va yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan, jami 100 dona “Fenazepam” nomli psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar beryapti.

“Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari davom etmoqda”, – deyilgan xabarda.

2019 yil 27 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir etuvchi moddalar aylanishini tartibga solish to‘g‘risida”gi 818-son qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, psixotrop va kuchli tasir qiluvchi dori vositalari, chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar va giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va tarqatish lisenziyasiga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshirilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!