«Arzon» iPhone 2018 kutilganidan bir oy oldin taqdim etilishi mumkin

«Arzon» iPhone 2018 kutilganidan bir oy oldin taqdim etilishi mumkin

Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Apple’ga displey yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya iPhone X usulbidagi «arzon» smartfonlar uchun JK-panellarni ishlab chiqarishda ayrim muammolarga duch kelmoqda, deb xabar berdi "daryo.uz".

Shu sababli joriy yilning sentyabrida tadim etilishi kutilayotgan iPhone’ning uchta modelidan biri qolgan ikkitasiga qaraganda ikki oy kechroq chiqadi.

«Rozenblatt» kompaniyasidan bo‘lgan Chjun Channing hisobotlarida yozilishicha, JK-displeyli iPhone «kutilganidan bir oy oldin» ishlab chiqarishga yuboriladi. Biroq Chjun hisobotida aniq muddatni keltirib o‘tmagan.

Tahlilchilarning fikricha, «arzon» iPhone OLED-modellari orasidagi eng mashhuriga aylanishi mumkin. Joriy yilning ikkinchi yarmida Apple o‘zining yangi gadjetlaridan 85 million nusxada sotishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Apple iPhone va iPad’larni quvvatlantirish adapterlarini yetkazib beruvchini ham almashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!