Aras Bulut Iynemli: "Chuqur" bilan xayrlashishga hali erta"

Aras Bulut Iynemli: "Chuqur" bilan xayrlashishga hali erta"

Turkiyada va butun dunyoda mashhur bo‘lgan "Chuqur" teleseriali tugadi, ammo Aras Bulut Iynemli muxlislarni juda xursand qilgan serial bilan xayrlashishga hali erta ekanligini aytdi. Bu haqda TV Gazete axborot nashri yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Chuqur" Turkiya televideniyesida 4 mavsum davomida namoyish etilgan. Tanqidchilarning fikriga ko‘ra, loyiha turk seriallari tarixiga eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri sifatida kiradi.

Shuning uchun ijodkorlar serial muxlislari uchun syurpriz tayyorlamoqdalar: hozirda parda ortida loyihaning tarixi haqida hikoya qiluvchi hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqda serialda bosh obraz — Yamachni gavdalantirgan aktyor Aras Bulut Iynemli ma’lum qildi.

"Chuqur" filmini suratga olish juda hayajonli davr edi. Biz tugatdik, endi biroz dam olaman. Ammo, loyiha bilan xayrlashishga hali erta: "Chuqur" hujjatli filmi suratga olinadi, jamoa yana yig‘iladi", - dedi u.

Aras Bulut Iynemli, shuningdek, loyiha haqidagi hujjatli film aktyorlarning o‘zi va serial tarixi haqida ekanligini tushuntirdi.

Asar hujjatli film ko‘rinishida serialning barcha a’zolari bilan suhbatlashish orqali taqdim etilishini tushuntirarkan, aktyor hali barcha tafsilotlarni bilmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!