Arab shayxlari Superliga klubini sotib olishmoqchi

Arab shayxlari Superliga klubini sotib olishmoqchi

"Manchester Siti"ga egalik qiladigan City Football Group korporasiyasi o‘z tarkibinii yana bir klub bilan to‘ldirishni maqsad qilgan. Daily Mail xabariga ko‘ra, Shayx Mansur Al-Naxyon boshqaruvidagi tashkilot Xitoy Superligasida ishtirok etuvchi jamoalardan birini sotib olmoqchi.

Xabarda gap aynan qaysi jamoa ustida borayotganligi ochiqlab o‘tilmagan, ammo Chendu shahri sharafini himoya qiluvchi klub bo‘lishi aytilmoqda. Mazkur kelishuv yil so‘nggiga qadar amalga oshishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, City Football Group tashkiloti "Manchester Siti", "Nyu-York Siti", "Melburn Siti", "Atletiko Torke", "Yokogama Marinos" va "Jirona" jamoalariga egalik qiladi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!