AQShning o‘nlab olimlari Trampga iltimosnoma yo‘llashdi

AQShning o‘nlab olimlari Trampga iltimosnoma yo‘llashdi

Amerikaning o‘nlab yetakchi olimlari AQSh prezidenti Donald Trampni yadroviy sinovlarni qayta boshlamaslikka chaqirishdi.

"Yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish yangi yadroviy qurollar poygasi, shuningdek, ataylab qilinmagan yoki ataylab qilingan yadro urushi xavfini oshirishi mumkin", deyiladi 70 ga yaqin olimlarning dunyoda birinchi marta yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishning 75 yilligi munosabati bilan yo‘llagan maktubida.

"Olimlarning yadro qurollariga qarshi insoniyat va butun sayyoraga zararli ta’siri tufayli yaxshi tashkil etilgan an’anasiga binoan, biz AQSh hukumatidan yadroviy sinovlarni o‘tkazish rejalaridan chetlanishlarini so‘raymiz", – deyiladi maktubda.

Trampga yo‘llangan maktubni imzolagan o‘nlab olimlar orasida 10 ga yaqin Nobel mukofoti egalari bor edi.

Shuningdek, ular AQShning yadroviy sinovlarini qayta boshlashi Shimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston kabi boshqa mamlakatlarga ushbu sohada ishlarni faollashtirish uchun "signal" berishini ta’kidladilar.

May oyi oxirida The Washington Post gazetasi AQSh prezident ma’muriyati Rossiya va Xitoyni ogohlantiruvchi signal sifatida yadro qurolini sinovdan o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotganini xabar qilgan edi.

Ma’lumot uchun, 1945 yil 16 iyulda Nyu-Mexiko shtatida dunyoda birinchi yadroviy qurol sinovi bo‘lib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!