AQShning neft zaxiralari bir haftada 2,38 million barrelga oshdi

AQShning neft zaxiralari bir haftada 2,38 million barrelga oshdi

Mamlakat energetika vazirligining hisob-kitobiga ko‘ra, AQShning tijorat neft zaxiralari o‘tgan haftada 2,38 million barrelga oshib, 416,19 million barrelga yetdi.

Benzinning tovar zaxiralari 1,3 million barrelga oshib, 247,92 million barrelni tashkil qilmoqda.

Distillyatlarning tijorat zaxirasi 2,8 million barrelga qisarib,125,15 millionga barrelga yetdi.

Bloomberg agentligi eksperlari tomonidan neft zaxirasi 1 million barrel, benzin zaxirasi 1,9 million barrel va distillyatlar zaxirasi 1,18 million barrelga kamayishi kutilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!