AQShning Eronga yer usti operasiyasi "umidsiz urinish" bo‘ladi
Eronda yer usti operasiyasi o‘tkazish Qo‘shma Shtatlarga jiddiy zarba bo‘ladi, deb yozadi Amerikaning 19fortyfive portali.
"Bunday hujum AQSh dengiz floti va havo kuchlarini uzoq vaqt davomida jiddiy ravishda zaiflashtiradigan ulkan tashabbus bo‘ladi", deyiladi nashrda.
Muallif ta’kidlaganidek, Vashington endi Iroq yoki Afg‘onistondan Eronga tahdid qilish imkoniyatiga ega emas, chunki bu mamlakatlardagi AQSh harbiylari soni sezilarli darajada kamaygan. Turkiya esa Amerika qo‘shinlarini joylashtirish uchun o‘z hududini taqdim etishi ehtimoldan yiroq. Maqolada ta’kidlanishicha, agar shunday bo‘lgan taqdirda ham Eron-Turkiya chegarasi quruqlikdagi operasiya uchun mos emas.
Nashrga ko‘ra, bu vaziyatda yagona variant - dengiz desanti operasiyasi. Lekin bu urinish Eronning notekis relyefi va ehtimoliy qarshilik tufayli yanada katta xavflarga olib kelishi mumkin.
"Davlat kotibi Marko Rubio va Mudofaa vaziri Pit Xegset o‘rtasida quruqlikdagi qo‘shinlarni joylashtirish borasida mojaro haqidagi xabarlar ma’muriyat bu g‘oyani jiddiy qabul qilayotganidan dalolat beradi, garchi bu jiddiy rejalashtirishmi, blefmi yoki hozirda mavjud bo‘lmagan urushda g‘alaba nazariyasini ixtiro qilishga urinishmi, bilmaymiz", deb xulosa qiladi 19fortyfive.
