AQShdagi namoyishlarga dunyo liderlari qanday munosabat bildirmoqda?

AQShdagi namoyishlarga dunyo liderlari qanday munosabat bildirmoqda?

"AQSh kongressida sharmandali sahnalar. AQSh butun dunyoga demokratiya borasida o‘rnak. Hozir hukumatning tinch yo‘l bilan topshirilishi muhim", – dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson.

"Kanadaliklar demokratiyaga hujumdan qattiq tashvishga tushdi. Zo‘ravonlik hech qachon odamlar xohishidan ustun bo‘lolmaydi. AQSh demokratiyani qo‘llashi kerak va shunday bo‘ladi", –  deya fikrlari bildirdi Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.

"Men Amerika demokratiyasi kuchiga ishonaman. Jo Bayden prezidentligi boshlanishi amerikaliklarni birlashtiradi", – Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches.

"Demokratiyaga qarshi bu hujumni uyushtirganlarga uyat", – deydi Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjen.

Tarafdorlari namoyishini qo‘llab-quvvatlagan Tramp AQShda va butun dunyoda ko‘pchilikning "g‘azabiga duchor bo‘ldi".

Ayni damda Trampni hatto prezidentlikdan chetlatish haqida ham xabarlar tarqalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!