AQShdagi cherkovda otishma yuz berdi. Bir kishi o‘ldi

AQShdagi cherkovda otishma yuz berdi. Bir kishi o‘ldi

Amerikaning Alabama shtatidagi cherkovda yuz bergan otishmada bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Bu haqda WBRC telekanali xabar berdi.

Vestavii-Xillz polisiyasi 16 iyun kuni kechqurun Avliyo Stiven yepiskop cherkovida uch kishi jarohat olganini tasdiqladi, biroq ulardan biri vafot etdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘riqlanmoqda, uning qilmish sabablari ma’lum qilinmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!